Martino ter Stegenning transferiga «yashil chiroq» ko\'rsatdi
«Barselona» klubi bosh murabbiyi Xerardo Martino Menxengladbaxning «Borussiya» klubi darvozaboni Mark-Andre ter Stegenni harid qilishga rozilik bildirdi. Biroq hanuzgacha «Barselona»ning yangi mavsumda ikkinchi raqamli darvozaboni kim bo'lishi noma'lum. Klub hozirgacha Xose Pinto bilan shartnomani uzaytirmagan. Eslatib o'tamiz, Viktor Valdes yozda «Barselona»ni tark etishini e'lon qilgan edi. Oldinroq ter Stegen ham «Borussiya» klubini tark etishi borasida rasmiy bayonot bilan chiqqan edi. Manba: www.sports.ru Martino ter Stegenning transferiga «yashil chiroq» ko\'rsatdi











