Kulguning yangi qirralari
Mashhur faylasuflardan biri inson hatto eng mushkul muammoni ham yecha oladi, agar tabassum qilishni bilsa, degan ekan. Umrida hazil qilmagan, do’stlari davrasida miriqib kulmagan inson bo’lmasa kerak. Ayniqsa, bizning xushchaqchaq xalqimiz orasida. Tabassumning ziynatga tenglashtirilishiga sabab kulgan odam beg’ubor bo’ladi, qalbidagi g’am-anduhlari chiqib ketadi. Bundan tashqari, tabassum stressni yengishning ajoyib quroli hisoblanadi. Gelotologiya(kulguning xususiyatlarini o’rganuvchi fan)ning tibbiyotga kirib kelganiga hali ko’p vaqt bo’lmagan bo’lsa-da, bu soha vakillari kulguning aanchagina qirralarini ochishga ulgurishdi. Aniqlanishicha, quvnoq, yumor hissi kuchli bo’lgan insonlar jahldorlarga nisbatan infarkd xavfiga 2marta kamroq yo’liqar ekan. Kulgan vaqtda organizmdagi serotofin, endorfin, difamin kabi baxt gormonlari ko’payib, stress gormonlari esa pasayar ekan. Kulguning gipertoniklar uchun ham foydasi bor: 10daqiqalik kulgu qon bosimini pasaytiradi. Miriqib kulayotganda ozish ham mumkin. Chunki bu vaqtda 80ta mushak harakatga keladi. 10-15daqiqalik kulgu 50kkalni yo’qotadi. Bundan tashqari, inson kulganida yurak urishi 120zarbagacha tezlashadi, bosh miya qon tomirlaridagi qon sovib, ijodiy jarayonlar uchun javobgar bosh miya chap yarimshari faoliyati rag’batlantiriladi. Tabassum ko’ngilsizliklarga qarshi turishga va ularni yengishga yordam beradi, shunday ekan, biror bir alohida kunni kutib turmasdan, tez-tez kulib, boshqalarni ham kuldirib turish kerak. Zero, shu oddiygina ishimiz bilan ham o’zimizning, ham atrofdagilarimizning umrini uzaytirgan bo’lamiz. ;-)













