O’rta asrlarga nazar tashlasak, bizning diyorimizda eng buyuk daholar yetishib chiqqaniga guvoh bo’lamiz. Yurtimizda ilm-fanning eng gullagan davri shu, menimcha. Xo’sh, buning sababi nimada? Kitobga mehr emasmi? Birgina misol, Ibn Sino Nuh ibn Mansurni davolaganida undan istagan narsani so’rashi mumkin edi, lekin u saroy kutubxonasidan foydalanishga ruxsat oldi. Demak, kitobxonlik xalqimizning azaliy xislatlaridan biri ekan. Lekin, bizning davrimizga kelib shu xislat ko’rinmaslashib ketayotgandek.
Yoshlarning kitobga munosabatini bilish uchun kichik so’rovnoma o’tkazgan edim. Natijalarga ko’ra,
-56% kishilar umuman badiiy asar o’qimaydi;
-20% “avvallari ko’p o’qigan, hozir vaqt yo’q”, oxirgi o’qigan kitobini eslolmaydigan kishilar
-24%-kitobxon.
Ko’rinib turibdiki, kitobga munosabat sezilarli o’zgargan. Xo’sh, yoshlarning o’zi bu haqda nima deydi? Kitob o’qishga nima to’siq bo’lyapti?
Malika Obitova:
-ko’p hollarda internet
Ихтиёр Камалов:
-иштиёк йук, Кайси китобни Укиш фойдалилиги хакида хатто маълумот йук.
Зилола Шамсиева:
-mutolaa nimaligini bilmaslik,yoshlikdan o’sgan muhit,Kitob o’qiydiganlarni “patriot” deb bilish va hokazo.
Талъат Ҳалимов:
-Zamona tezlashyapti, deyishadi. Balki ulgura olishmayotgandir?))
Abduhakim Muminov:
-6zimizni yalqovligimiz va qiziqishning y6qligi kitob 6qiwgamas aynan bir kitobni 6qiwga. Masalan man birorta kitobni 6qiwga ikkilanaman.
Qiziqarli javoblardan yana biri
Шавкат Анваров:
-у меня нету времени и книг в книжном варианте которые я хотел бы прочесть.
To’g’risi, Bu muammo mening o’zimda ham bor. Shuning uchun ham oxirgi paytlarda ko’proq elektron kitoblar o’qiyapman.
Shu o’rinda bir ma’lumot,
Buxoro shahar kutubxonasi 1921-yil 30-iyunda ochilgan. O’sha paytda 1187nusxa kitobdan 350nafar kitobxon foydalanar edi. Bu kutubxona Buxoro amiri Said Olimxon madrasasi huzuridagi huquqshunoslik maktabi kutubxonasi negizida tashkil etilgan. 1938-yilda kutubxonaga Ibn Sino nomi berilgan.
Afsuski hozirda kutubxonaning aksariyat kitoblari eski, yaroqsiz holga kelgan.
Elektron kitoblarga kelsak, ular qulay, telefon xotirasida ham bir nechta “kitob”ni olib yurish mumkin. Lekin baribir haqiqiy kitobning effektini berolmaydi.
Mirshod Ochilov:
-elktron kitob bazi jihatlardan foydali lekin undan o’qish jarayonida lazzat ololmaysiz kitobning o’zini o’qish bu boshqa gap!
Талъат Ҳалимов
-Harqalay haqiqiy kitob maroqliroq. Balkim fikrimga qo’shilmaydiganlar aytishar, elektron kitoblarni topish oson deya. Ammo aynan men maroq uchun, lazzat uchun o’qiyman va bunda barmoqni ho’llab, shirqillatib kitob varaqlaganga yetmaydi.
"Yoshlar UMUMAN kitob o’qiMAy qo’ygan"ini "meni davrimdaa…" deydigan kattalarning noroziligidan yaqqol sezish mumkin. Lekin, ularning o’zlari bizga o’rnak bo’la olishyaptimi?
Ихтиёр Камалов
-Катталарнинг вазифаси Бу сохада факат танкид килиш эмас, балки урнак хам булиб билишдир. Хеч Ким китобхон булиб тугилмайди. Бу сохада хам тарбия керак
Зилола Шамсиева:
-kitob o’qimaganligi yaqqol sezilib turadigan odamlarni,ayniqsa,yoshlarga allaqanday “nasihatlar” beradiganlani ko’rsam,tishimni tishmga qo’yib chidayman…ammo na iloj… kitob o’qiydigan kattalarga boqish esa bu hayot go’zalligidan yana bir marta bahramand bo’lish kabidir…
Ota-onalar o’rtasida o’tkazilgan so’rovnomada ularning 80%i farzandiga qachon kitob olib berganini hatto eslolmadi(!!!). Ularning ko’pchiligi “kompyuter olib berib qo’ygan”ini , kerak ma’lumotni internetdan tekinga topayotgani, kitobning esa QIMMATligini aytib, o’zlarini oqlashdi.
O’tkir Hoshimov “Kitob o’qiydiganlarda pul yo’q, puli ko’plar kitob o’qimaydi” deganda balki haq bo’lgandir?..
Yuqoridagi fikrlarim bilan hech kim kitob o’qimayapti demoqchi emasman, aksincha, so’nggi 1-2yil ichida kitob o’qish “moda”ga qaytyapti. Endi hamma gap mana shu kitobning qandayligida. Afsuski, oxirgi paytlarda o’qishga arzimaydigan kitoblar ham ko’payib ketgan.
Адхам Каримов:
-Уруш ва тинчлик, у’ткан кунлар ва шунга у’хшаш буюк романлар энди бу’лмайди… Чунки у ёзувчилар романларни бойлик ортириш у.н ёзишмаган…
Ихтиёр Камалов:
-Но унутмаслик керакки укувчининг талабига Караб асарларнинг даражаси ё ошади, ё тушади...Bu Xuddi past saviyali filmlarni Ko'payayotganiga o'xshaydi. Qo'pol qilib aytganda, saviyali kitob yozilishi uchun saviyali kitobxonlar kerak.
Xullas, bugun kitobga munosabat o'zgargan. Faqat yaxshi tomongami yoki yomon tomonga ekanini tanlash kitobxonning o'ziga bog'liq.
P.s.: Yuqoridagi intervyular Facebookdagi kommentariylardan hech qanday o'zgartirish va to'g'rilashsiz berilgan.